Mebel ishlab chiqaruvchi yosh tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha 18% li kredit ajratiladi

Shuningdek, 14 turdagi xomashyo, furnitura, aksessuar uchun import boji 3 yil muddatga 1% etib belgilanadi

Mebel ishlab chiqaruvchi yosh tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha 18% li kredit ajratiladi

Bugun, 26-may kuni prezident raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Selektorda sohaga oid yangi rejalar qayd etildi. Xususan, faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushiriladi. Bu yerdagi savdo do‘konlari tadbirkorlarga minimal narxda ijaraga beriladi.

To‘qimachilik va charm korxonalariga ehtiyojmand odamlarni ishga olish bo‘yicha 15% li me’yor 2 barobar kamaytiriladi. Bundan buyon imtiyoz olish uchun korxonada ehtiyojmand odamlar bilan birga nogironligi bor ishchilar ham hisobga olinadi. Bungacha ishchilarining 15% i ehtiyojmand oiladan bo‘lgan to‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalariga foyda solig‘i 2%, ijtimoiy soliq 1% etib belgilangandi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha ishchi olib, mebel ishlab chiqarishga ruxsat beriladi. Ushbu faoliyatni boshlash, kengayish istagida yurgan yosh tadbirkorlarga 7 yilga 5 mlrd so‘mgacha 18% li kredit ajratiladi.

Shuningdek, Sharof Rashidov, Yangi Namangan, Pastdarg‘om, O‘rtachirchiq, Quva, Buvayda, Yunusobod va Uchtepada ham Xonqa tajribasi asosida mebelchilik markazlarini ishga tushirish topshirildi.

Bundan tashqari, mebel tannarxida import xomashyo ulushi 50-60% ni tashkil qilgani sababli xomashyoga boj kamaytiriladi.

Milliy mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘lishi uchun bunga rozilik beraman, – dedi Prezident.

Mutasaddilarga 14 turdagi xomashyo, furnitura, aksessuar uchun 3 yil muddatga import bojini 1% etib belgilash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Mebel uchun yog‘och va yog‘och materiallarini markazlashgan holda olib kelish yo‘lga qo‘yiladi.

Mebel eksportini oshirish maqsadida mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi.

Xalqaro ko‘rgazmalarda ijara puli kompensatsiya qilinadigan maydon hozirgi 20 kvadratdan 40 kvadrat metrga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi