Markaziy bank may oyida 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi

Shuningdek 17 ta tijorat bank sanksiyalar qo‘llanilishi yuzasidan ogohlantirildi

Markaziy bank may oyida 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025-yilning may oyidagi 8 ta yig‘ilishlari davomida 37 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ularning mazmuni quyidagicha:

Yo‘nalish Masala tavsifi Soni
Ro‘yxatdan o‘tkazish Kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 3 ta
Hisobga olish Yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va chiqish 4 ta
Ruxsat berish Kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish 4 ta
Nomzodlarni ko‘rib chiqish Tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish 7 ta

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 19 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari ham muhokama qilindi.

Tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirilishi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinmagan va bank boshqaruvi tomonidan muammoli kreditlarni undirish va ular qoldig‘ini kamaytirish yuzasidan hududlarda ishlab chiqilgan reja-grafiklar ijrosi ta’minlanmagan taqdirda 17 ta tijorat banki chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.

Shuningdek, 17 ta tijorat bankiga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi hamda 13 ta bank jarimaga tortilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi