Markaziy bank raisi jahon bozorida neft va oziq-ovqat narxlarining oshgani O‘zbekistonga ta’sir ko‘rsatmaganini qayd etdi

Biroq regulyator inflyatsiyaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ikkilamchi omillarni diqqat bilan kuzatayotganini ma’lum qildi

Markaziy bank raisi jahon bozorida neft va oziq-ovqat narxlarining oshgani O‘zbekistonga ta’sir ko‘rsatmaganini qayd etdi

Markaziy bank inflyatsiyaning yanada pasayishi hamda tashqi shoklar fonida narxlar o‘sishi xavflari yuzaga kelishiga tayyor turadi. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov Silk Road Finance & Technology Forum doirasidagi panel muhokamasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, markaziy banklar doimiy ravishda turli xatarlar bilan ishlaydi, hozirgi davr esa yuqori noaniqlik va ko‘plab tashqi shoklar bilan tavsiflanadi. Shu sababli regulyatorlar nafaqat xavflarni boshqarishi, balki doimiy o‘zgarishlarga tayyorlikni ham oshirishi zarur.

Biz barqarorlikka e’tibor qaratishimiz kerak. Shu bois moliya bozori nuqtayi nazaridan har qanday holatda ham zaxira mexanizmlarini yaratamiz va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratamiz, — dedi Timur Ishmetov.

Neft va oziq-ovqat narxlari kuzatuv ostida

Markaziy bank raisi narxlar barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar haqida ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, jahon bozorida neft va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi hozircha O‘zbekistonga bevosita ta’sir ko‘rsatmagan.

Biroq regulyator ushbu omillarning iqtisodiyot va inflyatsiyaga bilvosita ta’siri bo‘lish ehtimolini tahlil qilmoqda.

Bu holat hozircha O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmadi. Ammo ikkilamchi ta’sirlar yuzaga keladimi va ular bizga qanday ta’sir qiladi — buni diqqat bilan kuzatyapmiz, — dedi Ishmetov.

Markaziy bank barcha ssenariylarga tayyor

Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, Markaziy bank turli ssenariylarga tayyor bo‘lishi kerak — inflyatsiya pasayishda davom etishi ham, proinflyatsion xavflar yuzaga kelishi ham mumkin.

Biz har ikki yo‘nalishda ham harakat qilishga tayyor bo‘lishimiz kerak, — dedi Markaziy bank raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, regulyator har qanday sharoitda ham o‘zining asosiy vazifasi — narxlar barqarorligini ta’minlash mandatini bajarishda davom etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank: O‘zbekiston valyuta bozoriga bosim kuzatilmayapti
/
Markaziy bank: O‘zbekiston valyuta bozoriga bosim kuzatilmayapti
Jahon banki gaz sizib chiqishini kamaytirish uchun $10,6 mln ajratdi
/
Jahon banki gaz sizib chiqishini kamaytirish uchun $10,6 mln ajratdi
O‘zbekiston to‘lov tizimlari WeChat va Alipay bilan integratsiyalashishi mumkin
/
O‘zbekiston to‘lov tizimlari WeChat va Alipay bilan integratsiyalashishi mumkin