May oyida Markaziy bank oltin zaxiralari rekordni yangiladi

Bir oyda zaxiralar hajmi $410,2 mlnga oshib, $49,66 mlrdga yetdi

May oyida Markaziy bank oltin zaxiralari rekordni yangiladi

2025-yil may oyida O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari $410,2 mlnga oshib, rekord darajaga — $49,66 mlrdga yetdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, chet el valyutasidagi zaxiralar $11 mlrddan $11,4 mlrdgacha ko‘paygan. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar hajmi ham o‘sib, bir oyda $703,9 mlndan $706,3 mlnga yetgan.

Shuningdek, zaxiralardagi oltinning qiymati $2,2 mlnga ortib, $37,6 mlrdni tashkil etdi. Bu jismoniy hajm 11,5 mlndan 11,4 mln troy unsiyagacha kamayganiga qaramay yuz berdi. May oyida oltin narxi 0,2% ga pasayib, bir unsiya uchun $3 284,6 bo‘lgan.

“Goldman Sachs” kompaniyasi esa oltinga nisbatan ijobiy prognozini saqlab qolmoqda. Asosiy ssenariyga ko‘ra, 2025-yil oxiriga kelib oltin narxi bir unsiya uchun $3,7 ming, 2026-yil o‘rtalariga borib esa $4 mingga yetishi kutilmoqda.

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi
/
2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
/
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
/
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi