2025-yilda maxsus iqtisodiy zonalarda $2,3 mlrd investisiya o‘zlashtiriladi

Yangi zonalar faqat maxsus iqtisodiy zona yoki sanoat zonasiga ajratiladi

2025-yilda maxsus iqtisodiy zonalarda $2,3 mlrd investisiya o‘zlashtiriladi

2025-yilda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi

Unga ko‘ra, joriy yilda maxsus iqtisodiy zonalarda $2,3 mlrd miqdoridagi investisiyalarni o‘zlashtirish, eksport hajmini $1 mlrdga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini $4,3 mlrdga teng miqdorda ta’minlash va 12 mingta yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratiladi. 

Sanoat zonalarida $800 mln miqdoridagi investisiyalarni o‘zlashtirish, eksport hajmini $512,2 mlnga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini $1,8 mlrdga teng miqdorda ta’minlash va 17 mingta yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish nazarda tutilgan. 

Yangi barpo etiladigan ixtisoslashtirilgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zona yoki sanoat zonasi shaklida tashkil etiladi.

Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati bo‘yicha faqat eksportga yo‘naltirilgan loyihalarga ixtisoslashgan, maydoni o‘ralgan maxsus eksport zonasi turida ham tashkil etilishi mumkin.

Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi