Mastercard va OTB raqamli barqarorlik, SI va moliyaviy hammaboplik sohasida hamkorlikni mustahkamlaydilar
Hamkorlik kiberxavfsizlikni kuchaytirish, sun’iy intellektni joriy etish va moliyaviy inklyuzivlikni oshirishga qaratiladi
Mastercard va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Samarqandda o‘tkazilgan OTB 59- har yilgi yig‘ilishi doirasida, ikki yil oldin imzolangan O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU)ga tayangan holda strategik hamkorlikni kengaytirishlarini tasdiqladilar. Yangilangan kelishuvlar OTB vitse-prezidenti janob Bxargav Dasgupta va Mastercard servislar bo‘yicha bosh direktori Kreyg Vosburgning uchrashuvi davomida qayd etildi. Tomonlar raqamli ekotizimlarni mustahkamlash, moliyaviy tizimlar barqarorligini oshirish va mintaqada inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish borasida umumiy qarashlarga ega ekanliklarini qayd etdilar.
OTB xususiy sektor bilan hamkorlikni rivojlantirar ekan (2024-yildagi $8 mlrddan 2030-yilga prognoz qilinayotgan $13 mlrd.gacha), Mastercard bilan hamkorlik uchta ustuvor yo‘nalishga qaratiladi:
- Kiberxavfsizlikni va tahdidlar tahlilini rivojlantirish. Tomonlar kiberxavfsizlik va tahdidlar tahlili sohasida Mastercard texnologik yechimlaridan foydalangan holda sinov loyihasini yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqdalar. Bu, xatarlar shaffofligini va kiberbarqarorlikni oshirish orqali OTB xususiy sektorida due diligence jarayonlarini va OTB portfeli doimiy monitoringini kuchaytirish, shuningdek nihoyatda zaruriy infratuzilmaga va moliyaviy tarmoqqa investitsiyalar barqarorligini mustahkamlash imkonini beradi.
- Moliyaviy tarmoqda “o‘qitishdan amaliyotgacha” tamoyili asosida SI tatbig‘i. Sun’iy intellektning o‘zgartirishga qodir salohiyatini e’tirof etib, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Mastercard SIdan foydalangan holda sherik-moliyaviy institutlarning salohiyatini oshirishga oid tashabbuslar doirasida hamkorlik qiladilar. Hamkorlik OTB investitsiya kiritadigan moliyaviy institutlarni sun’iy intellekt bazasida bazaviy o‘qitishdan to amaliy yechimlar joriy etilishigacha texnik qo‘llab-quvvatlash dasturini ko‘zda tutadi. Vositalar sirasida SI bazasida operatsion samaradorlikni oshirish, xatarlarni boshqarishni yaxshilash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirib, kreditdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish uchun tayyorlov maydonlari (sandbox)lar yaratish va amaliy keyslarni rivojlantirish kabilar mavjud.
- CAREC mintaqasida ta’sirni masshtablash. OTB va Mastercard Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida, jumladan avvalroq boshlangan Turkiya va Gruziyadagi hamkorlikka qo‘shimcha o‘laroq, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armanistonda, xususiy sektor rivojini jadallashtirish va kichik biznesni raqamlashtirish uchun hamkorlikni chuqurlashtiradilar. Asosiy vazifalar: raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash, mikro-, kichik va o‘rta korxonalar (MKO‘K) uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni va kreditlashni kengaytirish. Bir necha mingtagacha mikrokorxonalar va raqamli yechimlarning faol foydalanuvchilarini qamrab olish rejalashtirilgan. OTB mintaqaviy ekspertizasini va Mastercard texnologik imkoniyatlarini birlashtirish, MKO‘Kni raqamlashtirishni jadallashtirish uchun Strive kabi tashabbuslarni jalb qilish yetarlicha qamrab olinmagan hamjamiyatlar va biznes uchun sharoitlardan foydalanish imkonini kengaytiradi.
OTB rivojlanayotgan qantashchi-mamlakatlarda xatarlarga chidamli va inklyuziv moliyaviy tizimlarni rivojlantirishga e’tibor qaratgan. Mastercard bilan hamkorlikni davom ettirish, xususiy sektorimizning keng ko‘lamda o‘chishini ta’minlash barobarida, kiberxavfsizlikdan to SIni joriy etishdan kichik va o‘rta biznesni raqamlashtirishgacha bo‘lgan, o‘zgaruvchan chorlovlar bilan ishlash uchun ekspertizamizni birlashtirish imkonini beradi,- qayd etdi OTB bozor uchun yechimlar bo‘yicha vitse-prezidenti Bxargav Dasgupta.
Mastercard OTB bilan mintaqada salmoqli o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘lidagi hamkorlikning chuqurlashishidan faxrlanadi. Mastercard’ning kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalari, ma’lumotlari va ekspertizasini OTBning rivojlanish borasidagi mandati bilan birlashtirib, biz moliyaviy institutlarga innovatsiyalarni mas’uliyatli joriy etish, xizmatlardan foydalanishni kengaytirish va yanada kuchli raqamli iqtisodiyotni qurishda yordam beramiz,- ta’kidladi Mastercard servislar bo‘yicha bosh direktori Kreyg Vosburg.
Yangilangan hamkorlik innovatsiyalarga, barqarorlikka va inklyuziv o‘sishga umumiy sodiqlikni aks ettirib, kelgusi yillarda qo‘shma tashabbuslar kengayishi uchun asos yaratadi.
Mastercard haqida
Mastercard dunyoning 200 dan ortiq mamlakat va hududlarida iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash hamda insonlar imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Kompaniya mijozlari bilan hamkorlikda har bir inson o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘lgan barqaror va inklyuziv iqtisodiy muhitni shakllantiradi.
Mastercard raqamli to‘lov yechimlarining keng qamrovli turlarini qo‘llab-quvvatlab, tranzaksiyalarni xavfsiz, qulay, intellektual va ommabop qiladi. Kompaniyaning ilg‘or texnologiya va innovatsiyalari, mustahkam hamkorlik aloqalari hamda global tarmog‘i insonlar, biznes va davlat tashkilotlariga o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishga yordam beruvchi noyob mahsulot va xizmatlar ekotizimini yaratadi.
Sayt: mastercard.uz
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ