Statistika qo‘mitasi: mart oyida inflyatsiya oylik 0,9% ni tashkil etdi
Xususan, oy oxiriga kelib yillik infyatsiya 10,3% ga oshdi
Statistika qo’mitasi ma’lumotlari ko’ra, mart oyida inflyatsiya oylik 0,9% ni tashkil etdi, 2024-yilning shu oyi ko’rsatkichi esa 0,7% bo’lgan edi. Yillik inflyatsiya oy oxiriga kelib 10,3% ga oshdi (fevralda — 10,1%).
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari yilning uchinchi oyida 1,5% ga oshdi (fevralda +0,6%), nooziq-ovqat mahsulotlar — 0,2% (+0,3%), to’lovli xizmatlar — 0,7% (+0,8%).
Yillik inflyatsiya oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarga 3,6% va 7,4% ni tashkil etdi, xizmatlar uchun esa 27,1% ga yetdi.
Mart oyida qo’y go’shti narxi 9% ga qimmatlashdi, mol go’shti — 8,3−8,8%. Shu bilan birga, tovuq go’shti faqat 0,6% ga, tirik baliq esa 1,7% ga qimmatladi. Sut narxlari 0,9% ga, sariyog’ esa 1,1% ga oshdi. Guruch (-2,3%) va bug’doy uni (-1,4%) narxlari pasaydi.
Sabzavotlar narxi: sabzi 15% dan ko’proq qimmatlashdi, pomidorlar — 4,3%, bulgʻor qalampiri — 3,8%, karam — 2,6%, piyoz esa deyarli 2% ga ko’tarildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ