Markaziy bank 6 oyda qo‘shimcha 5,2 trln so‘m naqd pulni muomalaga chiqardi

2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, umumiy pul massasidagi naqd pullarning ulushi 18,9% ni tashkil etmoqda

Markaziy bank 6 oyda qo‘shimcha 5,2 trln so‘m naqd pulni muomalaga chiqardi

2025-yil yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 491 trln so‘mni tashkil etdi, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 27 % ga ko‘p. Bu haqda ma’lumot Markaziy bank sharhida keltirilgan.

Bunda 43% holatda tushumlar terminal orqali tushgan, bu ko‘rsatkich 2024-yilning birinchi yarmida 41 % edi. Terminal orqali tushumlar orasida savdo va xizmatlar sohasi ulushi ham 45 % dan 48 % ga oshdi.

Banklar orqali naqd pul aylanmasi 563 trln so‘mni tashkil etdi. Shundan 277 trln so‘m — tushumlar, 286 trln so‘m — berilgan naqd pullardir. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 23 % ga oshgan.

Banklarga kelib tushgan naqd pullarning tarkibida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi.

Bank kartalariga tushgan mablag‘lar 676 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘p. Shuningdek, bu davrda kartalardagi 129 trln so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olingan.

2025-yilda esa tushgan mablag‘larning 19% i naqdlashtirib olingan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilda 23 %, 2023-yilda esa 24 % edi.

Mavsumiy omillar ta’sirida naqd pulga bo‘lgan talab oshganligi sababli Markaziy bank banklarga tushgan va kerakli miqdordagi naqd pullar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qo‘shimcha naqd pul chiqarib bordi.

Joriy yilning olti oyida Markaziy bank muomalaga qo‘shimcha 5,2 trln so‘m naqd pul chiqardi.

2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, umumiy pul massasidagi naqd pullarning ulushi 18,9 % ni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2,2 % bandga kamaygan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi