“Manchester Siti” egasi O‘zbekiston futbol klubini sotib olishi mumkin

City Football Group o‘zbek jamoasini o‘zining xalqaro tuzilmasiga kiritish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

“Manchester Siti” egasi O‘zbekiston futbol klubini sotib olishi mumkin

Angliyaning “Manchester Siti” klubiga egalik qiluvchi City Football Group (CFG) O‘zbekistonning futbol klublaridan birini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov “Chempionat Aziya” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Abduqodir Husanov “shaharliklar” safiga o‘tganidan so‘ng, o‘zbek futboliga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaygan. Hozirda mahalliy klublardan birini CFG tarkibiga qo‘shish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin kelajakda “Manchester Siti” tarkibiga yana bir o‘zbekistonlik futbolchining o‘tishi ehtimoldan xoli emas.

City Football Group dunyoning bir qator klublariga egalik qiladi. Bular qatoriga Angliyaning “Manchester Siti”, Avstraliyaning “Melburn Siti”, AQShning “Nyu-York Siti” (MLS), Hindistonning “Mumbay Siti”, Urugvayning “Montevideo Siti Torke”, Fransiyaning “Trua”, Belgiyaning “Lommel”, Italiyaning “Palermo” va Braziliyaning “Baiya” klublari kiradi.

Bundan tashqari, guruh Ispaniyaning “Jirona”, Xitoyning “Shenzhen Peng City”, Yaponiyaning “Iokogama F. Marinos” klublarida ulushlarga ega va Boliviyaning “Bolivar” klubi bilan maslahat hamkorligi asosida hamkorlik qiladi. Xolding egasi Shayx Mansur Ol Nahayon hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
/
Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
/
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi