26.3.2025 | 15:35
Mart oyi holatiga ko‘ra, “A” toifadagi tadbirkorlar soni 8 mingdan oshdi
Yuqori reytingga ega tadbirkorlar hudud kesimida Toshkent shahrida joylashgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Savdo sanoat palatasi xabar berishicha, bugungi kunda Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo‘yicha mamlakatimizda 527 521 ta tadbirkorlik subyektlari baholanmoqda. Bunda aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari soni 281 619 tani, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni 245 902 tani tashkil etadi.
Mart oyi holatiga ko‘ra, reyting toifalari bo‘yicha tadbirkorlar quyidagicha ajratilgan:
- AAA, AA, A — 8 213 ta;
- BBB, BB, B — 75 769 ta;
- SSS, SS, S — 230 663 ta;.
- D — 212 876 ta.
Hududlar kesimida yuqori reytingga ega tadbirkorlar:
- Toshkent shahri — 3 088 ta
- Toshkent viloyati — 764 ta
- Samarqand viloyati — 738 tani tashkil qilmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ