Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi

Yashash huquqi dastlab 5 yilga beriladi va uning narxi $250 mingdan boshlanishi taxmin qilinmoqda

Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi

2025-yil 1-iyulda Maldiv orollari hukumati xorijiy investorlar uchun yangi yashash guvohnomasini olish dasturini rasman e’lon qildi.

Maldiv orollari Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, hukumat tomonidan “Vision 2040” strategiyasi doirasida ilgari surilgan asosiy investitsiya yo‘nalishlari belgilandi. Ular orasida toza energiya, hashamatli turizm, infratuzilma va raqamli iqtisodiyot sohalari bor.

Xususan, Henley & Partners o‘rtasida “Investitsiya asosida rezidensiya dasturi” bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bitim imzolandi. Bu kelishuv orol davlatini istiqomat qilish va investitsiya qilish uchun jozibali manzilga aylantirishni ko‘zda tutadi.

Doimiy yashash huquqi dastlab 5 yilga beriladi va investitsiya saqlab qolingan taqdirda uzaytirish mumkin. Arizada turmush o‘rtog‘i, farzandlar va ota-onalarni kiritish mumkin.

Minimal investitsiya miqdori rasmiy ravishda oshkor qilinmagan, biroq $250 mingdan boshlanishi taxmin qilinmoqda. Investitsiyalar hukumat tomonidan tasdiqlangan loyihalarga yo‘naltirilishi kerak.

Shuningdek, doimiy yashash talabi yo‘q. Til bilish yoki ma’lum darajadagi ta’limga ega bo‘lish shart emas. Butun jarayon rasmiy kanallar orqali amalga oshiriladi va ishonchlilik tekshiruvidan o‘tkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston YAIM 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda — Moliya vazirligi
/
O‘zbekiston YAIM 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda — Moliya vazirligi
MTZ O‘zbekistonga 3 mingdan ortiq traktor va butlovchi qismlar yetkazadi
/
MTZ O‘zbekistonga 3 mingdan ortiq traktor va butlovchi qismlar yetkazadi
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
/
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi