Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi

Buning ortidan kompaniya aksiyalari esa 6,2% ga pasaydi

Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi

Apple xotira chiplari va ma’lumotlarni saqlash qurilmalari tanqisligi sababli iPad, Mac, Vision Pro va boshqa qator qurilmalar narxini oshirdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

MacBook Neo narxi $100 ga oshib, $699 ni tashkil etdi. 13 dyumli MacBook Air esa $200 ga qimmatlashib, $1299 ga yetdi. Shu bilan birga, 14 dyumli MacBook Pro endilikda $1999 (avval $1699), 16 dyumli versiyasi esa $2999 (avval $2499) etib belgilandi. 15 dyumli MacBook Air modeli $1499 ga baholanmoqda.

O‘zgarishlar iPad qatoriga ham ta’sir qildi. Bazaviy versiyalar va iPad mini narxi $100 ga oshib, mos ravishda $449 va $599 ni tashkil etdi. 11 va 13 dyumli iPad Pro modellari esa $200 ga qimmatlashib, ularning narxi mos ravishda $1199 va $1499 ga yetdi.

HomePod aqlli kolonkasi narxi $349 ga, Apple TV pristavkasi $199 ga ko‘tarildi. Vision Pro aralash reallik garniturasi esa endilikda kamida $3699 dan sotilmoqda.

Korporatsiya hozircha iPhone smartfonlari, Apple Watch aqlli soatlari va AirPods quloqchinlari narxini o‘zgartirmagan. Biroq ishlab chiqaruvchi yaqin kelajakda boshqa mahsulotlar narxini ham qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini istisno etmadi.

Narxlar o‘zgargani haqidagi xabarlar fonida 25-iyun kuni kompaniya aksiyalari 6,2% ga arzonlashib, $274,86 gacha tushdi. Bu o‘tgan yil aprelidan buyon kuzatilgan eng yirik kunlik pasayish bo‘ldi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, sun’iy intellekt uchun ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarining jadal kengayishi elektron xotira komponentlariga bo‘lgan talabni keskin oshirgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bozorda bunday miqyosdagi komponentlar narxining oshishi ilgari kuzatilmagan. Shuningdek, kompaniya oxirgi vaqtgacha yakuniy iste’molchilar uchun narxlarni ushlab turishga harakat qilganini, biroq hozirgi sharoitda narxlarni oshirish majburiy choraga aylanganini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
/
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
O‘zbekistonda 425 ta kompaniya jamoatchilik uchun ahamiyatli tashkilotlar reyestriga kiritildi
/
O‘zbekistonda 425 ta kompaniya jamoatchilik uchun ahamiyatli tashkilotlar reyestriga kiritildi