Polsha kompaniyasi “LPP” O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

“Sinsay” brendi avgust oyida mamlakatda o‘z do‘konini ochadi

Polsha kompaniyasi “LPP” O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Polshaning yirik kiyim-kechak giganti “LPP” guruhi o‘zining mashhur brendi “Sinsay” orqali O‘zbekistonda faoliyat boshlashga tayyorlanmoqda.

Kompaniya 2025-yil avgust oyida birinchi “Sinsay” do‘konini ochadi, yil yakuniga qadar esa mamlakat bo‘ylab 20 dan ortiq yangi savdo nuqtalarini ishga tushirishni rejalashtirgan.

Bu “LPP” guruhining Markaziy Osiyodagi kengayish strategiyasining bir qismi bo‘lib, kompaniya faqat katta shaharlarda emas, balki kichik shaharlar va aholi yashash massivlarida ham do‘konlar ochishni maqsad qilgan — bu esa brendni aholiga yanada yaqinlashtiradi.

“LPP” guruhi vitse-prezidenti Marcin Bójko taʼkidlashicha, mintaqaga kirish qarori mahalliy ehtiyojlar va bozordagi salohiyatni chuqur tahlil qilish asosida qabul qilingan. “Sinsay” brendi zamonaviy, amaliy va hamyonbop narxdagi kiyimlar orqali mahalliy xaridorlar ehtiyojiga javob bermoqchi.

Shuningdek, “LPP” guruhi 2025-yilning uchinchi choragida “Sinsay”ni Ozarbayjon va Gruziya, 2026-yilda esa Moldova bozoriga olib chiqishni rejalashtirgan. Bugungi kunga kelib, kompaniya butun dunyo bo‘ylab 2, 8 mingdan ortiq do‘konga ega bo‘lib, shulardan 1,6 mingga yaqini “Sinsay” brendiga tegishli.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi