O‘zbekistonda kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi

Unga ko‘ra, kripto-birja uchun 73,400 BHM davlat boji qo‘llaniladi

O‘zbekistonda kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi

Kripto-aktivlar xizmatlari provayderlari uchun litsenziya olish davlat bojining miqdorlari belgilandi. Bu haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan

Unga ko‘ra,  kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari to‘lash sanasida amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:

  • Kripto-birja — 73,4 ming BHM (27,525 mlrd so‘m);
  • Mayning-pul — 3 ming BHM ((1,125 mlrd so‘m);
  • Kripto-depozitariy — 7 ming BHM (2,625 mlrd so‘m);
  • Kripto-do‘kon — 3,7 ming BHM (1,3875 mlrd so‘m).

Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr holatiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdori 375 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Tashabbusli budjet” loyihalarining yarim puli yig’ilsa, qolgan qismi avtomatik ajratiladi
/
“Tashabbusli budjet” loyihalarining yarim puli yig’ilsa, qolgan qismi avtomatik ajratiladi
Kasb o‘rganayotgan yoshlarga 120 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
/
Kasb o‘rganayotgan yoshlarga 120 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
Ipoteka subsidiyasini olish tartibi o‘zgardi: endi maxsus omonat ochish talab etiladi
/
Ipoteka subsidiyasini olish tartibi o‘zgardi: endi maxsus omonat ochish talab etiladi