O‘zbekistonlik Kraken Express studiyasi o‘yindan 6 kunda $13 mln ishlab topdi

Windrose o‘yini Steam’da 1 mln nusxada sotilib, xalqaro bozorda katta qiziqish uyg‘otdi

O‘zbekistonlik Kraken Express studiyasi o‘yindan 6 kunda $13 mln ishlab topdi

O‘zbekistonning Kraken Express o‘yin studiyasi Steam platformasida taqdim etilgan Windrose loyihasi orqali dastlabki 6 kun ichida $13 mln dan ortiq daromad oldi. Bu haqda ishlab chiquvchilar Steam’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Studiyaga ko‘ra, o‘yin qisqa vaqt ichida 1 mln nusxada sotilgan. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida o‘yinda 200 mingdan ortiq foydalanuvchi ishtirok etgani qayd etilgan.

Ishlab chiquvchilar jamoasi foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida texnik yaxshilashlar ustida ishlayotganini bildirdi. Fikrlar va translyatsiyalarni monitoring qilish orqali o‘yinning funksionalligi muntazam takomillashtirib borilmoqda.

Windrose o‘yinining narxi $14,49 etib belgilangan bo‘lib, 21-aprelga qadar 10% lik chegirma amal qiladi. Steam platformasida loyiha foydalanuvchilar tomonidan “juda ijobiy” baholangan. O‘yinchilar, ayniqsa, grafika, geympley va jang tizimini yuqori baholagan.

Mazkur loyiha ochiq dunyoga ega PvE sarguzasht o‘yini bo‘lib, unda qurilish, crafting va omon qolish elementlari mavjud. Foydalanuvchilar turli biomlarni o‘rganadi, kemalarni boshqaradi hamda dengiz va quruqlikdagi janglarda ishtirok etadi. Shuningdek, o‘yinda 8 nafargacha bo‘lgan guruhlar uchun kooperativ rejim ham joriy qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yosh oilalarga ipoteka foizining bir qismi Markaziy bank tomonidan qoplab beriladi
/
Yosh oilalarga ipoteka foizining bir qismi Markaziy bank tomonidan qoplab beriladi
Qoraqalpog‘istonda kriptomayning uchun maxsus zona tashkil etiladi
/
Qoraqalpog‘istonda kriptomayning uchun maxsus zona tashkil etiladi
NKMK 2026-yilning birinchi choragida 737 ming unsiya oltin ishlab chiqardi
/
NKMK 2026-yilning birinchi choragida 737 ming unsiya oltin ishlab chiqardi