“Korzinka”ga yangi bosh direktor tayinlandi
Pedro Martinyo bunga qadar Polshaning Eurocash Group kompaniyasining sobiq top-menejeri lavozimida ishlab kelgan
Angelsey Food (“Korzinka”) kompaniyasi direktorlar kengashi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro qidiruv yakunlariga ko‘ra, ushbu lavozimni Pedro Martinyoga topshirdi. Pedro Martinyoning “Korzinka”dagi faoliyati 2-sentabrdan boshlandi. U Toshkentga ko‘chib kelgan.
Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, yangi rahbarning tayinlanishi “Korzinka” rivojlanishining yangi bosqichini boshlab beradi. Bunda oziq-ovqat chakana savdosi sohasidagi xalqaro tajriba mahalliy bozorni chuqur bilish bilan uyg‘unlashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Pedro Martinyoning Polsha, Portugaliya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Ozarbayjondagi yirik oziq-ovqat chakana savdo tarmoqlarida 30 yildan ortiq ish tajribasi bor. U savdo boshqaruvi, merchandising, mijozlar bilan ishlash, ta’minot zanjirlarini tashkil etish hamda raqamli yechimlarni joriy etish yo‘nalishlarida faoliyat yuritgan.
U 2003-yilda Eurocash Group boshqaruv kengashi tarkibiga kirgan. Uning guruhdagi so‘nggi lavozimi Polshaning yetakchi oziq-ovqat onlayn-riteylerlaridan biri Frisco.pl bosh direktori bo‘lgan.
“Korzinka” kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimovning ta’kidlashicha, Martinyoning turli mamlakatlarda chakana savdo biznesini rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha tajribasi kompaniyaning keyingi bosqichi uchun muhim ahamiyatga ega.
Bunga qadar “Korzinka” bosh direktori lavozimida Rud Pedersen faoliyat yuritgan. U 2025-yil sentabrida oilaviy sharoitlari sababli lavozimini tark etgan. Shundan so‘ng bosh direktor vazifasini kompaniyaning birinchi bosh direktor o‘rinbosari Akmal Asadov vaqtincha bajarib kelgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ