“Korzinka” bosh direktori Rud Pedersen lavozimini tark etadi

Kompaniya yangi rahbar izlamoqda, bunga qadar Akmal Asadov vaqtincha bosh direktor vazifasini bajaradi

“Korzinka” bosh direktori Rud Pedersen lavozimini tark etadi

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining bosh direktori Rud Pedersen kompaniyadagi uch yillik faoliyatidan so‘ng lavozimini tark etishini ma’lum qildi. U bu qarorni o‘z oilasiga ko‘proq vaqt bag‘ishlash maqsadida qabul qilgan.

Hozirda kompaniya yangi rahbar izlash jarayonida. Bu vaqtda “Korzinka”ni tajribali top-menejerlar jamoasi direktorlar kengashi raisi va asoschisi Zafar Hoshimov bilan hamkorlikda boshqarishda davom etadi. Shu bilan birga, kompaniya bosh direktor o‘rinbosari Akmal Asadov vaqtincha bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Rud Pedersen rasman 30-sentabr kuni lavozimini tark etadi, biroq kelgusi oylarda vakolatlarning samarali o‘tishini ta’minlash maqsadida kompaniyaga maslahat berishda davom etadi.

Zafar Hoshimov Pedersenning so‘nggi uch yil davomida “Korzinka” taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etib, unga minnatdorchilik bildirdi. Unga ko‘ra, kompaniya 2028-yilgacha do‘konlar sonini 1 000 taga yetkazish bo‘yicha strategiyasini amalga oshirishni davom ettiradi.

Pedersen esa o‘z chiqishida kompaniyani rivojlantirishga hissa qo‘shganidan faxrlanishini ta’kidlagan. Uning rahbarligida “Korzinka” 100 dan ortiq yangi do‘kon ochdi, 49 ming kvadrat metr maydonga ega zamonaviy taqsimlash markazini ishga tushirdi va $110 mln miqdorida yangi aksiyadorlik kapitalini jalb qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Janubiy Koreya Eksimbanki Hyundai Rotem poyezdlari uchun mablag‘ ajratishi kutilmoqda
/
Janubiy Koreya Eksimbanki Hyundai Rotem poyezdlari uchun mablag‘ ajratishi kutilmoqda
ACWA Power kompaniyasi Sirdaryoda ikkinchi yirik loyihani boshlashi mumkin
/
ACWA Power kompaniyasi Sirdaryoda ikkinchi yirik loyihani boshlashi mumkin
Elektromobil quvvatlagichlari uchun tadbirkorlarga 10% gacha imtiyozli kreditlar joriy qilinishi mumkin
/
Elektromobil quvvatlagichlari uchun tadbirkorlarga 10% gacha imtiyozli kreditlar joriy qilinishi mumkin