O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Shinhan banki ish boshlaydi

Moliyaviy tashkilot 2027-yilgacha mahalliy bozorda to‘liq faoliyat boshlashni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Shinhan banki ish boshlaydi

Janubiy Koreyaning Shinhan Bank Co. O‘zbekistonda o‘z sho‘ba bankini ochish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini yakunlamoqda. Bu haqda Koreyaning Pulse nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, moliyaviy guruh rahbariyati O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilgan. Ushbu loyiha kompaniya uchun yirik xalqaro tashabbus bo‘lib, xorijiy ekspansiya kelgusidagi o‘sishning asosiy yo‘nalishi sifatida belgilangan.

Tegishli ariza 2026-yilning birinchi yarmida mamlakat regulyatorlariga topshirilishi kutilmoqda. Kompaniya allaqachon tegishli idoralar bilan zarur kelishuvlarni amalga oshirgan va tayyorgarlikning asosiy bosqichi yakunlangan. Sho‘ba bankni to‘liq ishga tushirish 2027-yilga rejalashtirilgan.

Shinhan Bank’ning vakolatxonasi O‘zbekistonda 2009-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Faoliyatni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar 2024-yilda boshlangan.

2025-yil fevral oyida kompaniya vakillari O‘zbekiston Markaziy banki bilan davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish va mahalliy bozordagi pozitsiyalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, o‘tgan yilning aprel oyida korporatsiya rahbari ham mamlakatga tashrif buyurgan.

Hozirda regulyator reyestrida sakkizta xorijiy kredit tashkilotining vakolatxonasi mavjud bo‘lib, ular qatoriga Janubiy Koreya, Germaniya, AQSh, Rossiya, Xitoy va Turkiya banklari kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi