1-iyuldan kommunal tarmoqlarga ulanish uchun yagona ariza tizimi joriy etiladi

Shuningdek, lizingga olingan texnikalar elektron bazasi ishga tushirilib, “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilinadi

1-iyuldan kommunal tarmoqlarga ulanish uchun yagona ariza tizimi joriy etiladi

Kapital.uz 14-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tgani haqida xabar bergandi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, o‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2,6 mlndan ziyod arizaning uchdan biri rad etilgan.

Mas’ullar “Kamchiligi uchun qaytardik”, deb aytadi. Lekin ichiga kirib tahlil qilsa, masala ko‘p. Hamma bilib, bilmaganga oladi, aslida, bu – korrupsiya! Bunga chek qo‘yishning birdan bir yo‘li – raqamlashtirish va sun’iy intellekt! – dedi davlati rahbari.

Aholi va tadbirkorlar qurilish qilish uchun avval loyihalashga ruxsat olishga, keyin arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqishga alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt sarflamoqda.

Toshkent shahrida 2 ta xizmatni bir bosqichda ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yilgani uchun hujjatlarni kelishish vaqti 3-4 karra kamaydi. Ushbu tajribani 1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha hududlarida joriy qilish topshirildi.

Hozirda elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ulanish bo‘yicha texnik shart olish uchun ham har bir kommunal idoraga alohida murojaat qilish kerak. 1-iyuldan bitta ariza va bitta to‘lov bilan barcha kommunal tarmoqlarga texnik shart olish imkonini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Sansalorlikning yana bir sababi – joylarda shaharsozlik kengashishga a’zo 26 ta idora o‘rtasida muloqot va hamkorlik yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, shaharsozlik kengashiga Toshkent shahri va viloyat hokimlarining o‘zi boshchilik qilib, tadbirkorning masalasiga yakuniy yechim berishi belgilandi.

“Shaffof qurilish” reytingida quruvchilarga lizingga olingan texnikasi uchun ball berilmayotgani noto‘g‘ri ekani qayd etildi. Bunday texnikalar hisobga olinsa, kamida 500 ta korxonaning reytingi 1-2 pog‘ona ko‘tarilib, 17 trln so‘mlik bozorga kirish imkoni paydo bo‘ladi.

Qurilish vazirligiga lizingga olingan texnikalar elektron bazasini ishga tushirib, “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilish va ball berishni boshlash topshirildi.

Bundan tashqari, pudrat korxonalariga chet eldan yiliga bitta maxsus texnika olib kelish bo‘yicha cheklovni bekor qilish zarurligi qayd etildi.

Umuman, mutasaddilarga uch oyda qurilishga ruxsat olishdan boshlab, foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tahlil qilib, talablar, muddatlar va to‘lovlarni 2 barobargacha qisqartirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladi
/
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladi
Tadbirkor takliflari uchun alohida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish taklif qilinmoqda
/
Tadbirkor takliflari uchun alohida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish taklif qilinmoqda
Toshkent shahri uchun qoʻshimcha $500 mlnlik yevrobond chiqariladi
/
Toshkent shahri uchun qoʻshimcha $500 mlnlik yevrobond chiqariladi