O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda 26-iyun kuni Senat yig‘ilishida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda tadbirkorlar bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Loyihani ishlab chiqishda asosiy e’tibor naqdsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish va ish haqini qonuniylashtirishga qaratilgan.

Ammo muammolar hali ko‘p. Buni hududlarga borganimizda ham ko‘rib turibmiz. Hanuzgacha xufiyona iqtisodiyotning ulushi yuqoriligicha qolmoqda va masalalarimiz ko‘p, — dedi Mubin Mirzayev.

Uning aytishicha, hujjat allaqachon vazirlik va idoralar bilan kelishilgan va ko‘rib chiqish uchun Prezident administratsiyasiga yuborilgan.

Mubin Mirzayevning ta’kidlashicha, ko‘plab xorijiy davlatlar 2030-yilgacha naqd pulsiz hisob-kitoblarga to‘liq o‘tishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda harakat qilmoqda.

Ko‘pgina mamlakatlarda 2030-yilga borib naqdsiz hisob-kitob tizimiga o‘tishni asosiy maqsad va vazifa qilib qo‘ygan. Shuning uchun, bu qarorda ham eng yirik hisob-kitoblar tizimini naqdsiz hisob-kitob tizimi bo‘yicha amalga oshirish o‘z ifodasini topgan.

Mirzayev o‘tish bosqichma-bosqich, birinchi navbatda, ko‘chmas mulk bozoridan boshlanishini tushuntirdi:

Bugungi kunda, xabaringiz bor, uy-joy oldi-sotdisi ko‘pincha naqd pulda yoki Click, Payme va boshqalar orqali amalga oshirilyapti. Bularning hammasi qarorda qonuniy tartibda bank aylanmasi orqali amalga oshirish va savdo qoidalarini buzmasdan to‘g‘ri ishlash uchun barcha rag‘batlantirish mexanizmlari aks etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi