O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga yangi kredit liniyalari ajratiladi

Kichik biznes va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga 36 oygacha mikrokredit berish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga yangi kredit liniyalari ajratiladi

O‘zbekistonda mikromoliyalash bozorini rivojlantirish va mikrokreditlar ajratishni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning 28-avgustda kuchga kirgan farmonida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga 36 oydan oshmagan muddatga mikrokreditlar ajratiladi.

Mikromoliya tashkilotlariga maqsadli va qayta tiklanuvchi kredit liniyalari ajratish, ularning kredit portfellarini qayta moliyalashtirish, kafolat berish va texnik ko‘mak ko‘rsatish belgilangan.

Bunda investitsiyalarni kiritish shartlari va muddatlari Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, kompaniyaning asoslangan buyurtmasiga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2028-yildan boshlab har yili Markaziy bank asosiy stavkasidan 4% bandga past stavkada byudjet ssudasi ajratadi.

Ushbu mablag‘lar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga beriladi.

Mazkur chora-tadbirlar mikromoliya tashkilotlari, banklar hamda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi ta’sischiligidagi Mikromoliyalash xizmatlarini rivojlantirish korxonasi orqali amalga oshiriladi.

Avvalroq Kichik biznes va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga 36 oygacha mikrokredit berish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, o‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi, kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi va bir yilda takroriy tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Hindiston kompaniyalariga $3,4 mlrdlik energetika loyihalarini taklif qildi
/
O‘zbekiston Hindiston kompaniyalariga $3,4 mlrdlik energetika loyihalarini taklif qildi
“Korzinka”ga yangi bosh direktor tayinlandi
/
“Korzinka”ga yangi bosh direktor tayinlandi
Mirziyoyev “ShHT – 2040” konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi
/
Mirziyoyev “ShHT – 2040” konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi