ANORBANK’ning olti yilligi: e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga ayniqsa muhtoj bo‘lganlar bilan birga nishonlangan tug‘ilgan kun

Muhim sanalarni nafaqat kompaniyaning yutuqlari, balki ular uchun quvonchga sabab bo‘layotgan insonlar soni bilan ham o‘lchash mumkin

ANORBANK’ning olti yilligi: e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga ayniqsa muhtoj bo‘lganlar bilan birga nishonlangan tug‘ilgan kun

Olti yil — har qanday bank uchun muhim sana. Bu minglab mijozlar, qabul qilingan qarorlar, amalga oshirilgan loyihalar va jamoaning kundalik mehnatidir. Ammo ANORBANK uchun olti yillik nafaqat bayram, balki o‘ziga savol berish uchun ham sabab bo‘ldi: bu kunni qanday nishonlash kerakki, u nafaqat biz, balki boshqalar uchun ham muhim bo‘lsin?

Javob O‘zbekiston SOS Bolalar Mahallalari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda murakkab hayotiy sharoitlarda bo‘lgan bolalar va oilalar uchun tashkil etilgan bayram bo‘ldi. Assotsiatsiya qariyb 30 yildan buyon o‘z dasturlari doirasida ushbu bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlab, ularning rivojlanishi, farovonligi va to‘laqonli hayot kechirishi uchun sharoit yaratib kelmoqda.

Bayramda ijtimoiy jihatdan zaif oilalarning farzandlari, shuningdek, tutingan ota-onalar qaramog‘idagi bolalar ishtirok etdi.

ANORBANK bolalar uchun animatorlar, fokuschi shousi, sovun pufakchalari va serpantinlar, bayramona tushlik hamda sovg‘alarni o‘z ichiga olgan dastur tayyorladi.

Shu bilan birga, sovg‘alar nafaqat yoqimli, balki yangi o‘quv yilining boshlanishi uchun foydali bo‘lishiga ham e’tibor qaratildi: to‘plamlarga maktab ryukzaklari va o‘quv qurollari, kitoblar, sport anjomlari, o‘yinlar hamda boshqa zarur buyumlar kiritildi.

Bank uchun bunday tashabbuslar ijtimoiy mas’uliyatga nisbatan kengroq yondashuvning bir qismidir. Ehtiyojmand bolalar va zaif oilalarni kompleks qo‘llab-quvvatlash — bu nafaqat kundalik muammolarni hal etishda yordam berish, balki muloqot qilish, yangi qiziqishlarni kashf etish va kelajakka ishonch bilan qarash imkoniyatlariga hissa qo‘shishdir.

O‘zbekiston SOS Bolalar Mahallalari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bayram ANORBANK’ning bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarining davomi bo‘ldi.

Muhim sanalarni nafaqat kompaniyaning yutuqlari, balki ular uchun quvonchga sabab bo‘layotgan insonlar soni bilan ham o‘lchash mumkin.

ANORBANK biznes vakillari, hamkorlar va befarq bo‘lmagan barcha insonlarni og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan O‘zbekiston SOS Bolalar Mahallalari Assotsiatsiyasi qaramog‘idagi bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shilishga chorlaydi. Zero, barqaror o‘zgarishlar birgalikdagi harakatlardan boshlanadi — har bir hissa bolalar uchun rivojlanish, ta’lim olish, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish va baxtli kelajak sari ko‘proq imkoniyatlar yaratishga yordam beradi.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
/
UZBEKENERGOTAMIR Toshkentda yangi “Iyk ota” podstansiyasini qurib bitkazdi
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
/
Octobank xalqaro hisob-kitoblar uchun valyutalar turini 16 taga yetkazdi —Meksika pesosidan tortib Polsha zlotisigacha
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi
/
2026-yilda Toshkentda bolani maktabga tayyorlash qanchaga tushadi