O‘zbekistonda kichik biznes tekshiruvlariga 3 yillik moratoriy joriy etiladi
Sog‘liq va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan tekshiruvlar to‘xtatiladi
O‘zbekistonda biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish, kichik biznes subyektlarining tekshiruvlariga uch yillik moratoriy joriy etildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Xorazmda o‘tkazilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4% dan 12% ga, o‘n yilda esa yashirin iqtisodiyot ulushi 50% dan 26% ga tushgani taʼkidlandi.
Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak, dedi davlat rahbari.
Tahlil qilingan 5 ming tadbirkorning yarmidan ko‘pida bir yilda 2–3 marta, yana 21% ida 4 martadan soliq tekshiruvi o‘tkazilgani, bunga yong‘in, qurilish, sanitariya, karantin va energiya inspeksiyalarining takroriy tekshiruvlari ham qo‘shilayotgani tanqid qilindi.
Bir narsani tushunish kerak: xotirjamlik bo‘lmagan joyda erkinlik ham, rivojlanish va yangilikka intilish ham bo‘lmaydi, dedi prezident.
Shu bois, kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi. Shuningdek, o‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi, kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi va bir yilda takroriy tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi.
Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘lib, ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa – to‘laydi” degan noto‘g‘ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid qilindi.
Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois, kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi.
O‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi. Kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi, bir yilda takroriy tekshiruv esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ