O‘zbekistonda 10 ming korxonaga sun’iy intellekt joriy etish xarajatining yarmi qoplanadi

Tadbirkorlar uchun sunʼiy intellekt dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi va buning uchun $100 mln ajratiladi

O‘zbekistonda 10 ming korxonaga sun’iy intellekt joriy etish xarajatining yarmi qoplanadi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarida zamonaviy boshqaruv va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida “10 ming korxona uchun — sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi, shuningdek, bu boradagi xarajatlarning yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi. Shavkat Mirziyoyev “sunʼiy intellekt—boshqaruv samaradorligi—yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish vazifasini belgilab berdi.

Bugun qaysi tadbirkor qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirsa, sunʼiy intellekt yordamida unumdorlikni oshirsa, tannarx bo‘yicha izlansa, ertangi bozor uniki, dedi prezident.

Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv va sunʼiy intellekt yondashuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54%ida mahsulotga talab keskin ortgani ma’lum qilindi. Shuningdek, 25%ida tannarx kamayib, 40%ida daromad o‘sishi hisobiga ishchilarning oyligi 10% dan ko‘proq ko‘tarilgan.

Shu bois, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlash uchun Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirilgani ma’lum qilindi, 2027-yilda uning quvvati 3 karra oshirilishi ma’lum qilindi. Yangi mahsulot uchun sunʼiy intellekt modelini yaratishda superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi va ilmiy-tadqiqot xarajatlari byudjetdan qoplanadi.

Shuningdek, “10 ming korxona uchun — sunʼiy intellekt hamkor” dasturi doirasida korxonalarga sunʼiy intellekt joriy qilish xarajatining 50%i kompensatsiya qilinadi. Tadbirkorlar foydalanishi uchun tayyor sunʼiy intellekt dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi va bu dasturning birinchi bosqichiga kamida $100 mln ajratiladi.

Bundan tashqari, to‘qimachilikdagi ijobiy tajriba elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etilib, ushbu tarmoqdagi korxonalarda ham avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish xarajatining 50%i qoplab beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda har yili daromadi 1 trln so‘mdan oshadigan 50 ta korxona IPO’ga tayyorlanadi
/
O‘zbekistonda har yili daromadi 1 trln so‘mdan oshadigan 50 ta korxona IPO’ga tayyorlanadi
Endilikda kompaniyalar elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lovning faqat 15% ini amalga oshirishi mumkin
/
Endilikda kompaniyalar elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lovning faqat 15% ini amalga oshirishi mumkin
“Biznes start” dasturi orqali tadbirkorlarga 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi
/
“Biznes start” dasturi orqali tadbirkorlarga 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi