Endilikda kompaniyalar elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lovning faqat 15% ini amalga oshirishi mumkin

Yangi tartib ko‘pchilik tadbirkorlarning elektr energiyasi va gaz uchun 100% oldindan to‘lov qilish qiyinchilik

Endilikda kompaniyalar elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lovning faqat 15% ini amalga oshirishi mumkin

ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15% bo‘lishi belgilandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Xorazmda o‘tkazilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ko‘p tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz uchun 100% oldindan to‘lov qilish aylanma mablag‘ni qisqartirayotganini bildirgan. Shundan kelib chiqib, endi ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15% bo‘ladi.

Umuman olganda, energetika bo‘yicha boshqaruv tizimi tubdan o‘zgartirilmoqda. Barcha tumanlarda tadbirkorlarning hozirgi ehtiyoji va ertangi rejasiga qarab ishlaydigan yangi tizim joriy etiladi, dedi O‘zbekiston rahbari.

Shuningdek, kelasi yildan qurilish sohasida pudratchi va loyihachilar o‘sishini rag‘batlantiradigan yangi yondashuv boshlanadi. Unga ko‘ra, qurilish qayerda bo‘lishidan qatʼiy nazar, har bir ishchi-soat uchun eng kam ish haqining 5% miqdorida mablag‘ rejalashtiriladi.

Bundan tashqari, davlat obyektlari smetasida pudrat korxonalari uchun 7% foyda ko‘zda tutiladi hamda qurilish murakkabligiga qarab loyihalash ishlariga obyekt qiymatining 4–7%igacha mablag‘ ajratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha valyutalar qiymati tushdi
/
O‘zbekistonda barcha valyutalar qiymati tushdi
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16% ga kamaydi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 16% ga kamaydi
Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi
/
Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi