“Alif” Ineco Group’dan $10 mln jalb qildi

Mablag‘lar O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi

“Alif” Ineco Group’dan $10 mln jalb qildi

“Alif” Armanistonning Ineco Group kompaniyasidan mudoraba tamoyili asosida $10 mln jalb qildi. Bu haqda kompaniya Kapital.uz’ga ma’lum qildi.

Jalb qilingan mablag‘lar “Alif”ning O‘zbekistondagi faoliyatini, xususan, muddatli to‘lovni moliyalashtirish hajmini kengaytirishga yo‘naltiriladi. Kompaniyaning “Alif Nasiya” xizmati orqali mijozlar maishiy texnika, tibbiy va ta’lim xizmatlari kabi tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni qismlarga bo‘lib amalga oshirishi mumkin.

“Alif Uzbekistan” bosh direktori Nuriddin Lafizovning ta’kidlashicha, kelishuv islomiy moliyalashtirish tamoyillarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini kengaytiradi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, “Alif” O‘zbekiston bozoriga kirganidan buyon mamlakatga $300 mln dan ortiq ulushli va qarz sarmoyalarini jalb qilgan.

Ineco Group esa moliyaviy xizmatlar, fintech yechimlar va portfel investitsiyalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro investitsiya guruhi hisoblanadi. 2024-yil 31-dekabr holatiga guruh boshqaruvidagi aktivlar $2 mlrdni tashkil etgan.

Mudoraba — bir tomon mablag‘ kiritib, ikkinchi tomon loyihani boshqaradigan islomiy moliyalashtirish modeli bo‘lib, olingan daromad oldindan kelishilgan nisbatda taqsimlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Biznes start” dasturi orqali tadbirkorlarga 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi
/
“Biznes start” dasturi orqali tadbirkorlarga 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi
Besh yil ichida biznes uchun kredit portfeli qariyb uch baravar oshib, 450 trln so‘mga yetdi
/
Besh yil ichida biznes uchun kredit portfeli qariyb uch baravar oshib, 450 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda yetti oyda $71,2 mlrdlik valyuta oldi-sotdisi amalga oshirildi
/
O‘zbekistonda yetti oyda $71,2 mlrdlik valyuta oldi-sotdisi amalga oshirildi