“Biznes start” dasturi orqali tadbirkorlarga 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Dasturd, shuningdek, tadbirkorlarga sun’iy intellekt yordamida biznes yuritish ko‘nikmalari o‘rgatiladi

“Biznes start” dasturi orqali tadbirkorlarga 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

Xususan, banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45% dan 63% ga oshgani qayd etildi. 2026-yilning birinchi yarim yilligida kichik va o‘rta biznesga 76,5 trln so‘m resurs ajratilgan.

Shuningdek, tadbirkorlar uchun “kredit xizmatlari yagona raqamli portali” ishga tushirilgani ma’lum qilindi. U orqali tadbirkor bitta ariza topshiradi va banklar mijoz uchun raqobatlashadi. Biznesni endi boshlayotgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, biznesning turli bosqichlariga mos “Biznes start”, “Biznes lift” va “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi.

“Biznes start” dasturiga 100 mlrd so‘m ajratilib, tadbirkorlarga tayyor biznes-reja hamda 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi. Dastur doirasida sun’iy intellekt yordamida loyiha tayyorlash, kredit hujjatlarini rasmiylashtirish va hisobot yuritishni o‘rgatish ham ko‘zda tutilgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, maqsad tadbirkorga shunchaki kredit berish emas, balki uni biznesni boshlashidan yirik korxonaga aylanguniga qadar kompleks qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratishdan iborat.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Alif” Ineco Group’dan $10 mln jalb qildi
/
“Alif” Ineco Group’dan $10 mln jalb qildi
Besh yil ichida biznes uchun kredit portfeli qariyb uch baravar oshib, 450 trln so‘mga yetdi
/
Besh yil ichida biznes uchun kredit portfeli qariyb uch baravar oshib, 450 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda yetti oyda $71,2 mlrdlik valyuta oldi-sotdisi amalga oshirildi
/
O‘zbekistonda yetti oyda $71,2 mlrdlik valyuta oldi-sotdisi amalga oshirildi