O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, CAFA va ONESEC yopiq kiberxavfsizlik seminarini o‘tkazdi

Banklar va fintex-kompaniyalar rahbarlari axborot xavfsizligiga amaliy yondashuvlar hamda regulyator talablarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, CAFA va ONESEC yopiq kiberxavfsizlik seminarini o‘tkazdi

29-iyul kuni JW Marriott Tashkent mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Central Asian Fintech Association (CAFA) hamda ONESEC kompaniyasi hamkorligida «Bank sektorida kiberxavfsizlik: zamonaviy tahdidlar va amaliy yechimlar» mavzusida yopiq seminar tashkil etildi.

Tadbir banklar, moliyaviy tashkilotlar va fintex-kompaniyalari rahbarlari hamda mutaxassislarini bir maydonga jamlab, dolzarb kiberxavflar, regulyator talablari va moliya sektorining kibermustahkamligini oshirish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni muhokama qilish imkonini berdi.

Seminarning asosiy mavzulari: axborot xavfsizligi bo‘yicha samarali strategiyani shakllantirish, ijtimoiy muhandislik tahdidlariga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, tashqi tahdidlarni monitoring qilish, ma’lumotlar sizib chiqishini aniqlash hamda tashkilotlarning raqamli aktivlarini himoya qilishda Threat Intelligence yechimlaridan foydalanish.

Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki va professional tajriba almashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ishonamizki, bunday uchrashuvlar professional hamjamiyatni rivojlantirish va bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, — deyishdi tashkilotchilar.

Tadbirning muhim jihatlaridan biri — ochiq muloqot bo‘lib, unda ishtirokchilar dolzarb muammolarni muhokama qilish, ekspertlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va moliya sektorining kibermustahkamligini ta’minlash bo‘yicha amaliy fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 ming so‘mdan pastladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 ming so‘mdan pastladi
Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlariga ma’lumotlar markazlari va energetika quvvatlarini birlashtirishni taklif qildi
/
Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlariga ma’lumotlar markazlari va energetika quvvatlarini birlashtirishni taklif qildi
Saida Mirziyoyeva: “Odamlar dod deganicha bor — qurilishlar tufayli poytaxtdagi hududlar tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti”
/
Saida Mirziyoyeva: “Odamlar dod deganicha bor — qurilishlar tufayli poytaxtdagi hududlar tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti”