Shayxontohur tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi

Qurilish-montaj ishlari sababli 6 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi

Shayxontohur tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopildi

Qurilish sabab Toshkentda KHAYning bir qismi 25–28-iyul kunlari yopiladi, 6 ta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shayxontohur tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och va Beruniy ko‘chalari oralig‘idagi bir tomonlama yo‘nalish 25-iyul soat 15:00 dan 28-iyul soat 06:00 gacha barcha transport vositalari uchun vaqtincha yopiladi.

Yo‘l harakati qurilish-montaj ishlari sabab cheklanadi. Shu munosabat bilan 6 ta avtobus yo‘nalishi muqobil ko‘chalar orqali vaqtincha o‘zgartirilgan tartibda harakatlanadi. Ular quyidagicha:

  • 34-sonli avtobus: Ko‘kcha darvoza – Nurafshon – Beruniy;
  • 64-sonli avtobus: Ko‘kcha darvoza – Nurafshon;
  • 87-sonli avtobus: Ko‘kcha darvoza – Nurafshon – Beruniy;
  • 116-sonli avtobus: Ko‘kcha darvoza – Nurafshon – Beruniy;
  • 131-sonli avtobus: Ko‘kcha darvoza – Nurafshon – Beruniy;
  • 147-sonli avtobus: Ko‘kcha darvoza – Nurafshon – Beruniy.

Avtobuslarning qaytish yo‘nalishlarida o‘zgarishlar bo‘lmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi