17.3.2025 | 11:53
Raqobat qo‘mitasi fevral oyida 4 ta kompaniyani moliyaviy jarimaga tortdi
Ular orasida “KFC” brendi va “Carvon” kompaniyasi mavjud
Raqobat qo‘mitasi fevral oyida 4 ta kompaniyaga nisbatan tegishli ta’sir chorasini ko‘rdi.
Monitoring davomida “UNG PETRO” MCHJ (CARVON), “INTERNATIONAL FOODCHAIN” MCHJ (KFC), “CENTRAL ASIA VOYAGES-CAV” MCHJ (SAVDO MARKAZI), HAMKOR REKLAMA SERVIS” MCHJga nisbatan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibi buzilishi yuzasidan ishlar qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ