Kattaqo‘rg‘on tumanida 100 gektar maydonda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi

Hududda yillik 10 ming dona tijorat transport vositalari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan

Kattaqo‘rg‘on tumanida 100 gektar maydonda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi

“Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, Samarqand viloyatida mashinasozlik klasterini rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Xususan, 2030-yilgacha viloyat sanoatida mashinasozlik tarmog‘i ulushini 15% ga, sanoatda qo‘shilgan qiymat ulushini esa 40% ga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mashinasozlik sanoat zonasida yillik 10 ming dona tijorat transport vositalari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Ular qatoriga yuk avtomobillari, avtobuslar, mikroavtobuslar, pikaplar va maxsus transport vositalari, jumladan elektr transporti ham kiradi.

Hujjatga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on tumanida 100 gektar yer maydonida maxsus mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi.

Mazkur zona ishtirokchilari sifatida faqat N, M2, M3, O va L toifadagi transport vositalari, shuningdek ular uchun ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadigan korxonalar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Zona faoliyati “Samarqand viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan boshqarilishi belgilangan.
Qaror Samarqand viloyatida sanoatni diversifikatsiya qilish, mashinasozlik tarmog‘ini kengaytirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda “Zolotaya Korona” orqali pul o‘tkazmalari boshqa operatorga o‘tkaziladi
/
O‘zbekistonda “Zolotaya Korona” orqali pul o‘tkazmalari boshqa operatorga o‘tkaziladi
MB: Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonda yaqin oylarda ishga tushirilishi mumkin
/
MB: Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonda yaqin oylarda ishga tushirilishi mumkin
“Raqobat” qo‘mitasi “Uztex Group”ning “Zarofattex”ni sotib olishini ma’qulladi
/
“Raqobat” qo‘mitasi “Uztex Group”ning “Zarofattex”ni sotib olishini ma’qulladi