Ayrim oila vakillariga kasb va xorijiy tillarni o‘qish uchun bir martalik vaucher beriladi

Talabgor vaucherdan 3 oy muddatda foydalanishi lozim

Ayrim oila vakillariga kasb va xorijiy tillarni o‘qish uchun bir martalik vaucher beriladi

Hukumat qarori bilan “Kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun vaucher berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom ishsizlar, jumladan, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega bo‘lmagan ish qidirayotgan shaxslarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlarini vaucher asosida qoplab berish tartibini belgilaydi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ecosys.mehnat.uz tizimida vaucher asosida ushbu toifadagi shaxslarni o‘qitadigan ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri yuritiladi.

Talabgor vaucher olish uchun Vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki mahallalardagi hokim yordamchilari orqali, shuningdek, ecosys.mehnat.uz tizimi orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Talabgorga, birinchi navbatda, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 1 kun muddatda uning mutaxassisligidan kelib chiqib, mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari taklif qilinadi.

Fuqaroning mutaxassisligi bo‘lmaganda yoki taklif etilgan ish o‘rni ma’qul kelmaganda, vaucher taqdim etish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Bunda talabgor ecosys.mehnat.uz tizimida skoringdan o‘tkaziladi va uning belgilangan toifalardan biriga kirishi aniqlansa, u vaucher olish huquqiga ega bo‘ladi.

Talabgor vaucherdan 3 oy muddatda foydalanishi lozim.

Vaucher asosida kasb va xorijiy tillarni o‘rganish istagini bildirgan talabgor 1 marotaba bepul o‘qish huquqiga ega.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
/
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha charm-poyabzal eksporti $500 mlnga yetkaziladi
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
/
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga davlat hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi