O‘zbekiston Pokistonning Karachi porti orqali mahsulotlarni eksport qilishi mumkin

Shuningdek, port hududida maxsus ombor tashkil etish taklif qilindi

O‘zbekiston Pokistonning Karachi porti orqali mahsulotlarni eksport qilishi mumkin

O‘zbekiston mahsulotlari uchun yangi eksport darvozasi: Karachi portida muhim muzokaralar o‘tkazildi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Pokistondagi O‘zbekiston elchixonasi hamkorligida tadbirkorlar delegatsiyasi Karachi portiga rasmiy borishdi.

Tashrifning asosiy maqsadi — o‘zbek mahsulotlarini va brendlarini xalqaro bozorlarga chiqarishda Karachi porti orqali eksport imkoniyatlarini kengaytirish, logistika sharoitlarini yaxshilash va yangi hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Karachi porti — Pokistonning eng yirik dengiz porti va Janubiy Osiyodagi asosiy logistika markazi. U orqali millionlab tonna yuk Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika bozorlariga yetkaziladi. Shu jihatdan, port O‘zbekiston uchun muhim strategik ahamiyatga ega.

Muzokaralarda O‘zbekiston tovarlari uchun port hududida maxsus ombor tashkil etish taklif qilindi. Bu esa tranzit jarayonlarini soddalashtiradi, logistika xarajatlarini kamaytirib, xalqaro bozorlarga chiqishni tezlashtiradi.

Port ma’muriyati to‘qimachilik, meva-sabzavot, charm, kimyo va qurilish materiallariga yuqori qiziqish bildirib, ularning xalqaro raqobatbardoshligini qayd etdi.

Shuningdek, tadbirkorlarga konteyner parki, raqamlashtirilgan bojxona va yuk kuzatuv tizimlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi