“Invest Group Centre” kompaniyasidagi davlat ulushi $23 mlnga sotildi

Xaridorga aylangan “Kapitalbank” mablag‘ni 1 oy ichida to‘liq to‘lashi shart

“Invest Group Centre” kompaniyasidagi davlat ulushi $23 mlnga sotildi

Yoshlik sport majmuasini boshqaruvchi “Invest Group Centre” ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.

“O‘zmilliybank” ga tegishli bo‘lgan kompaniya ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini sotish bo‘yicha ochiq savdoning Majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) ni taqdim etish bosqichida 3 nafar talabgor ishtirok etdi. Talabgorlarga xususiylashtirish bo‘yicha konsultant “Portfolio Investments” aktivning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati yuzasidan kompleks tahliliy ma’lumotlar taqdim etdi.

Savdoda 297,9 mlrd so‘mlik (Markaziy bank kursi bilan qariyb $23 mln) eng yuqori narx taklifi bilan “Kapitalbank” g‘olib deb topildi. Xaridor mablag‘ni 1 oy ichida to‘liq to‘lashi shart.

Agentlikning qayd etishicha, xaridorning taklifi konsultant tomonidan hisoblangan aktivning indikativ narxlar oralig‘ining yuqori qismida joylashgan hamda baholangan qiymatidan yuqori.

Xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma’qullangan.

“Kapitalbank” aktiv va uning balansidagi sport-sog‘lomlashtirish majmuasining faoliyat turini 10 yil muddat saqlab qolish majburiyatini oladi.

Majmua hududida sport-sog‘lomlashtirish faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan bino-inshootlarning qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ta’mirlash-tiklash ishlari qat’iyan arxitektura-shaharsozlik kengashining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi