Kapital.uz Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi
Nashr biznes jurnalistikasini rivojlantirish va tadbirkorlikni ommalashtirish yo‘nalishidagi hissasi uchun taqdirlandi
16-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Brand Awards International 2026” xalqaro mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kapital.uz biznes nashri “2025-yilda O‘zbekistonda biznes jurnalistikasini rivojlantirish, tadbirkorlikni ommalashtirish va iqtisodiy jarayonlar shaffofligini oshirishga qo‘shgan hissasi” nominatsiyasi bo‘yicha xalqaro tanlov g‘olibiga aylandi.
“Biz uchun ushbu mukofot O‘zbekistonda sifatli biznes jurnalistikasiga talab ortib borayotganining tasdig‘idir. Biz iqtisodiy jarayonlarni sodda va aniq tushuntirish, auditoriyaga sodir bo‘layotgan voqealarni yaxshiroq anglashda yordam berishga intilamiz. Bu butun jamoamiz mehnatining e’tirofi va to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganimizning belgisidir”, — dedi Kapital.uz bosh muharriri Emir Asan Alimjanov.
Nashr mamlakatdagi muhim iqtisodiy va biznes jarayonlarni yoritib boradi. Yangiliklardan tashqari, unda tahliliy materiallar, islohotlar sharhlari, bozor mexanizmlari tahlili va biznes vakillari bilan intervyular muntazam e’lon qilinadi.
Asosiy e’tibor murakkab mavzularni sodda va tushunarli shaklda yoritish hamda iqtisodiy o‘zgarishlarning tadbirkorlar va kundalik hayotga ta’sirini ko‘rsatishga qaratilgan.
Faoliyat mustaqillik, faktlarni tekshirish va ekspert baholash tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Jamoa nafaqat yangiliklarni yetkazish, balki o‘quvchiga voqealar mazmuni va kontekstini tushuntirishga ham intiladi.
Nashr auditoriyasini tadbirkorlar, top-menejerlar, investorlar va qaror qabul qiluvchi mutaxassislar tashkil etadi. Materiallar O‘zbekiston tashqarisida ham xalqaro ekspertlar va bozor ishtirokchilari tomonidan kuzatib boriladi.
Bugungi kunda Kapital.uz barqaror reputatsiya, faol auditoriya va kuchli tahliliy ekspertizaga ega media platforma sifatida faoliyat yuritmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ