Endilikda yo‘llarda yuzni aniqlovchi kameralar ishga tushiriladi

Haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslar avtomobil boshqarsa, jarima va jinoiy javobgarlik qo‘llanadi

Endilikda yo‘llarda yuzni aniqlovchi kameralar ishga tushiriladi

Endi haydovchilik huquqidan mahrum etilganlar avtomashina boshqarsa, holat kameralar tomonidan aniqlanadi, deb xabar bermoqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati rahbari Zoyir Yo’ldoshov.

Hozirda mamlakatimiz avtomobil yoʻllarida shaxsning yuzini aniqlash funksiyasiga ega kameralar hamda foto va video qayd etish qurilmalari oʻrnatilgan. Joriy yilning 23-fevralidan 3-mart kunigacha test rejimida ishlagan ushbu qurilmalar orqali bir qancha haydovchilik huquqidan mahrum etilgan fuqarolarning mashina boshqargani, boshqaruv vaqtida telefondan foydalanganliklari aniqlangan.

Endilikda ushbu qurilmalar qoidabuzarliklarga nisbatan onlayn ravishda chora ko‘rishni boshlaydi. Bu huquqbuzarlik uchun birinchi marotaba sodir etganda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 135-moddasi uchinchi qismi bilan BHMning 50 baravari miqdorida jarima qo’llaniladi.

Agar haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxs maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin ham avtomashina boshqarsa, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 261-prim ikkinchi moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
/
Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
/
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi
/
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi