O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 4,5% gacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 227 mingta kambag‘al oilaga daromadini oshirish bo‘yicha 300 mingta xizmat ko‘rsatilgan

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 4,5% gacha pasaydi

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2026-yilning birinchi yarmida 5% dan 4,5% gacha pasaydi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Qonunchilik palatasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida davlat dasturining ijrosi yuzasidan hisobot berish chog‘ida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hisobot davrida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 227 mingta kambag‘al oilaga daromadlarini oshirishga qaratilgan 300 mingta xizmat ko‘rsatildi.

Mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida 104 mingta mikroloyiha ishga tushirildi. Natijada 246 ming nafar aholining bandligi ta’minlandi.

Hisobot davrida 460 ming nafardan ortiq ishsiz aholining doimiy bandligi ta’minlandi. 2750 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirildi, — dedi Qo‘chqorov.

Hududlar infratuzilmasiga 9 trln so‘m yo‘naltirildi

Og‘ir toifadagi 37 ta hamda “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi 33 ta tuman va 915 ta mahallaning infratuzilmasini yaxshilash dasturlariga 9 trln so‘m ajratildi.

Ushbu mablag‘lar hisobidan 3,2 mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.

Iqtisodiyot 8,5% ga o‘sdi

Jamshid Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 8,5% ga oshgan.

Hisobot davrida sanoat ishlab chiqarishi 8% ga, xizmatlar sohasi 16,9% ga, qurilish 13,8% ga va qishloq xo‘jaligi 4,7% ga o‘sdi.

Shu davrda mamlakatga $28,1 mlrd miqdorida xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Oltin eksportini hisobga olmaganda, eksport hajmi $14,4 mlrdga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31,6% ga ko‘p.

Kapital qo‘yilmalar hajmi qariyb 339 trln so‘mni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya darajasi esa 6,4% bo‘ldi.

21-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yil yakuniga qadar O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining kamida 8% ga o‘sishini ta’minlash vazifasi belgilangan edi. Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, ushbu ko‘rsatkichga erishish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.

Kambag‘allik chegarasi ham oshirilgan

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil mart oyida O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini belgilashda qo‘llanadigan minimal iste’mol xarajatlari (MIX) 6,9% ga oshirilgan.

Natijada bir kishi uchun oylik minimal iste’mol xarajatlari 669 ming so‘mdan 715 ming so‘mgacha, kunlik ko‘rsatkich esa 22 ming so‘mdan 23 ming so‘mgacha ko‘tarilgan.

2022-yildan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etishda qo‘llanadigan jon boshiga o‘rtacha oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga tenglashtirilgan.

Shuningdek, ayrim nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar miqdori minimal iste’mol xarajatlaridan past bo‘lmagan darajada belgilanishi lozim.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank raisi jahon bozorida neft va oziq-ovqat narxlarining oshgani O‘zbekistonga ta’sir ko‘rsatmaganini qayd etdi
/
Markaziy bank raisi jahon bozorida neft va oziq-ovqat narxlarining oshgani O‘zbekistonga ta’sir ko‘rsatmaganini qayd etdi
Markaziy bank: O‘zbekiston valyuta bozoriga bosim kuzatilmayapti
/
Markaziy bank: O‘zbekiston valyuta bozoriga bosim kuzatilmayapti
Jahon banki gaz sizib chiqishini kamaytirish uchun $10,6 mln ajratdi
/
Jahon banki gaz sizib chiqishini kamaytirish uchun $10,6 mln ajratdi