Jizzaxda qiymati $520 mln bo‘lgan loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda

Uning natijasida byudjetga qo‘shimcha 120 mlrd so‘m tushum kelishi aytilmoqda

Jizzaxda qiymati $520 mln bo‘lgan loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-iyul kuni Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi, hududlardagi ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar hal etilishi yuzasidan hisobot bilan tanishdi.

O‘tgan yil 31-dekabrda imzolangan Prezident qaroriga ko’ra, 2025-yilda $2 mlrd investitsiya jalb etish, eksportni $285 mlnga yetkazish, 168 ming odamni ishli qilish chora-tadbirlari belgilangandi.

O‘tgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida 200 ta loyiha ishga tushdi. Viloyatga $662 mln investitsiya kirib keldi.

So‘nggi vaqtlarda viloyatda $250 mlnlik yirik turizm majmualari ishga tushgani natijasida bir yilda sayyohlar oqimi 2 karra oshdi. Buni yanada oshirish uchun hamma sharoit bor.

Jizzaxda 1,3 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lgani bilan atigi 40%ida ekin ekilayapti. Bir gektarga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad ham boshqa viloyatlarga nisbatan kam. Aslida, yerdan samarali foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari va chorva ozuqasini ko‘paytirish mumkin.

Jizzax viloyatida ham mutasaddilar, soha mutaxassislari va yetakchi tadbirkorlardan iborat “Islohotlar shtabi” tuzildi.

Yig‘ilishda mazkur shtab tomonidan tayyorlangan yangi loyihalar taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati $520 mlnlik 200 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning natijasida 12 mingta ish o‘rni, byudjetga qo‘shimcha 120 mlrd so‘m tushum, $100 mlnlik eksport imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi