“Flyadeal” aviakompaniyasi 21-noyabrdan Jidda — Toshkent — Jidda yo’nalishida qatnovlarni boshladi

15-dekabrdan Jidda — Namangan yo’nalishida parvozlar yo’lga qo’yiladi

“Flyadeal” aviakompaniyasi 21-noyabrdan Jidda — Toshkent — Jidda yo’nalishida qatnovlarni boshladi

21-noyabr kuni Saudiyaning “Flyadeal” aviakompaniyasi O‘zbekistonga yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishni boshladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Birinchi parvoz “Airbus A330” samolyoti bilan soat 23:40da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ndi. Jidda — Toshkent — Jidda yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar haftasiga besh marta dushanba, chorshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 1-dekabrdan boshlab samolyotlar shu yo‘nalishda har kuni parvoz qilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 15-dekabrdan boshlab “Flyadeal” Jiddadan Namanganga ham parvozlarni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, yaqin vaqt ichida Madina — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan oldin, 14-noyabr kuni ushbu aviakompaniya O‘zbekistonga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma olgani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
/
Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Senat ruxsatsiz ko‘p qavatli uy qurganlar uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi
/
Senat ruxsatsiz ko‘p qavatli uy qurganlar uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi
“O‘zbekneftgaz” dizel yonilg‘isi va mazut ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarini bajara olmadi
/
“O‘zbekneftgaz” dizel yonilg‘isi va mazut ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarini bajara olmadi