Jarima maydonchasidan avtomobilni olib chiqish uchun onlayn murojaat tartibi joriy etildi

Tizim orqali fuqarolar 1 ish kuni ichida avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqishi mumkin

Jarima maydonchasidan avtomobilni olib chiqish uchun onlayn murojaat tartibi joriy etildi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan avtotransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish tartibi belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, haydovchilar my.gov.uz portali, YHXX maxsus mobil ilovasi yoki davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat yuborishi mumkin.

Murojaat jarayonida fuqaroning ma’lumotlari hamda transport vositasini ushlab turish sabablari bartaraf etilgani avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi.

Agar qoidabuzarlik bartaraf etilgan bo‘lsa yoki ma’muriy ish bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilingan bo‘lsa, murojaatchiga 1 ish kuni ichida avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqishga ruxsat beruvchi xabarnoma yuboriladi.

Mazkur yangilik haydovchilarga qulaylik yaratish, ortiqcha vaqt sarfini kamaytirish va davlat xizmatlarini raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
/
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
/
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi
/
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi