Yaponiya jahon iqtisodiyotida to’rtinchi o’ringa tushib, Germaniyanikidan past natija ko’rsatdi

Ayni paytda Yaponiya valyutasi so'nggi 30 yil ichida eng past darajada

Yaponiya jahon iqtisodiyotida to’rtinchi o’ringa tushib, Germaniyanikidan past natija ko’rsatdi

2023 yilda Yaponiyaning nominal yalpi ichki mahsuloti $4,21 trlnga qisqardi, bu esa o’tgan yili yalpi ichki mahsuloti $4,46 trlnni tashkil etgan Germaniya foydasiga dunyodagi iqtisodiyot bo’yicha uchinchi o’rinni yo’qotishiga olib keldi, deb xabar beradi Nikkei Asia.

2023 yilning ikkinchi choragida Yaponiyaning nominal yalpi ichki mahsuloti iste’molining pastligi va kompaniyalar investitsiyalarining kamayishi tufayli o’tgan yilga nisbatan 0,4% ga kamaydi. Ushbu tendentsiya eksportning pasayishi va iyenaning dollarga nisbatan tez qadrsizlanishi tufayli 2024 yilning birinchi choragida davom etishi kutilmoqda.

2022 yilda Yaponiyaning nominal yalpi ichki mahsuloti $4,26 trlni tashkil etdi. 2023 yilda bu ko’rsatkich iyenada 1,2% ga oshdi, real YIM esa 1,9% ga oshdi. Bu so’nggi 30 yil ichida eng past darajaga yetgan yapon valyutasining zaiflashishi bilan bog’liq. Yaponiya iqtisodiyoti 2023 yilning so’nggi choragida kam iste’mol va kompaniyalar investitsiyalarining kamayishi tufayli 0,4% ga qisqardi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, YAM ma’lumotlari Yaponiya hukumati va banki uchun muammo tug’dirmoqda, chunki ular ichki talabni rag’batlantirish va ish haqini oshirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga intilmoqda. Bundan tashqari, Yaponiya kompaniyalarining uzoq muddatli investitsiyalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishi ham rivojlanish uchun salbiy omil hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 157 mln yevroga o‘nta Škoda elektropoyezdini xarid qiladi
/
O‘zbekiston 157 mln yevroga o‘nta Škoda elektropoyezdini xarid qiladi
Urbanizatsiya qo‘mitasi 35 ta hududdagi ko‘chmas mulk bozorida narxlarini o‘rgandi
/
Urbanizatsiya qo‘mitasi 35 ta hududdagi ko‘chmas mulk bozorida narxlarini o‘rgandi
Saida Mirziyoyeva Shayxontohurda yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdi
/
Saida Mirziyoyeva Shayxontohurda yangi istirohat bog‘i hududini ko‘zdan kechirdi