Jahon banki O‘zbekistonga gaz yo‘qotishlarini kamaytirish uchun $10,6 mln ajratadi

Loyiha orqali 2029-yilgacha yiliga qariyb 47,5 ming metrik tonna gazni saqlab qolish rejalashtirilgan

Jahon banki O‘zbekistonga gaz yo‘qotishlarini kamaytirish uchun $10,6 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonda tabiiy gaz yo‘qotishlarini kamaytirishga qaratilgan loyiha uchun $10,6 mln miqdorida grant ajratishni ma’qulladi. Bu haqda moliyaviy tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat gaz taqsimlash tarmoqlari o‘z vaqtida ta’mirlash va modernizatsiya qilishga yetarli investitsiya kiritilmagani sababli sezilarli darajada eskirgan. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, 2030-yilga borib gaz yo‘qotishlari hajmi 1,7 mlrd kub metrga yetishi mumkin. Bu esa taxminan $228 mln miqdoridagi zarar bilan tenglashtirilmoqda.

Loyiha metan chiqindilarini qisqartirish bo‘yicha global trast jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi. 2029-yilgacha har yili qariyb 47,5 ming metrik tonna gazni saqlab qolish rejalashtirilgan. Ushbu resurs aholi va xususiy sektor ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, loyiha yillik $18 mlnga yaqin iqtisodiy samarani ta’minlashi kutilmoqda. Mablag‘larning asosiy qismi monitoring tizimini rivojlantirish va quvurlardagi nosozliklarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi.

Dastur doirasida Uztransgaz kompaniyasi uchun zamonaviy uskunalar xarid qilinadi hamda metan chiqindilarini o‘lchashning xalqaro metodikalari joriy etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi