Iyun oyida O‘zbekistonda 105 ta tovar va xizmatlar narxi 10% ga oshdi

Markaziy bank tahlilida yillik inflyatsiya darajasi 8,7% ni tashkil qilgan

Iyun oyida O‘zbekistonda 105 ta tovar va xizmatlar narxi 10% ga oshdi

Joriy yil iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 105 ta tovar va xizmatlar narxi 10% dan ziyodga o‘sdi. Bu haqdagi maʼlumot Markaziy bank taqdim etgan infografikada qayd etilgan.

Tahlilda 2025-yil iyunda mamlakatda yillik inflyatsiya darajasi 8,7% ekani keltirilgan. Narxlari 10% dan yuqori o‘sgan tovar va xizmatlar ulushi 21% ni tashkil etgan.

Oziq-ovqat mahsulotlaridan paxta yog‘ining narxi eng yuqori darajada o‘sgan — 43,5%. Shu bilan birga, kartoshka (36,5%) va karam (37,4%) qiymati nisbatan ko‘proq oshgan.

Qo‘y (32%) va mol (30,5%) go‘shtlari hamda kungaboqar yog‘i (28,9%) ham 20% dan ortiq qimmatlashgan.

Nooziq-ovqat mahsulotlaridan metan narxi eng yuqori darajada oshgan. O‘tgan oydagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, mazkur turdagi gaz qariyb 36,2% ga qimmatlashgan.

O‘z navbatida quyidagi mahsulotlar narxlari ham o‘rtacha inflyatsiyadan yuqori darajada oshgan:

  • Vitaminlar — 12,5%;
  • Antibiotiklar — 11,8%;
  • Antigistamin preparatlar — 11,8%;
  • Propan — 11,3%;
  • Atir sovun — 10,3%.

Markaziy bank qolgan, narxi 10% da yuqori o‘sgan 93 ta tovar va xizmat haqida axborot bermagan. Xususan, oxirgi 18 oyda xizmatlar eng yuqori darajada o‘sayotganiga qaramay, tahlilda 10% dan ko‘pga qimmatlagan bironta xizmat nomi keltirilmagan.

Infografika: Markaziy bank

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi