Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $1,1 mlrdga kamaydi

Chet el valyutasidagi zaxiralar $11,4 mlrddan $9,5 mlrdga qisqargan

Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $1,1 mlrdga kamaydi

2025-yil iyun oyida O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari $1,1 mlrdga kamayib, $48,54 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy statistik ma’lumotlarida keltirilgan.

Chet el valyutasidagi zaxiralar $11,4 mlrddan $9,5 mlrdga qisqargan. Biroq regulyator balansidagi xalqaro qimmatli qog‘ozlar hajmi biroz o‘sib, $706,3 mlndan $708,8 mlnga yetgan.

Zaxiradagi oltin qiymati esa aksincha, $763 mlnga oshib, $38,4 mlrdga yetgan. Oltinning jismoniy hajmi esa 0,3 mln troy unsiyaga ko‘payib, umumiy hisobda 11,7 mln troy unsiyani tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida jahon bozorida oltin narxi barqaror qolgan — bir unsiya uchun $3 284,0 darajasida saqlangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

NKMKning sof tushumi yarim yilda qariyb 50% ga oshdi
/
NKMKning sof tushumi yarim yilda qariyb 50% ga oshdi
TAF!26 xalqaro reklama konferensiyasi: biznesingiz reklamasida yangi bosqichga chiqish imkoniyati
/
TAF!26 xalqaro reklama konferensiyasi: biznesingiz reklamasida yangi bosqichga chiqish imkoniyati
Urganch — Xiva pulli yo‘lida tariflar tasdiqlandi
/
Urganch — Xiva pulli yo‘lida tariflar tasdiqlandi