Yarim yilda O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk sotuvlari 10,6% ga oshdi
Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy narxi 4,8% ga, yangi qurilgan uylar esa narxlar atigi 1,6% ga pasaygan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yilning birinchi yarim yilligi yakuniga ko‘ra, uy-joy sotuvlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,6% ga oshib, 136,5 ming xonadonni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.
2025-yil iyun oyi yakuniga ko‘ra, 21 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatdan o‘tkazildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7%ga ko‘pdir.
Olti oy davomdida sezilarli o‘sish Jizzax (29,9%), Navoiy (18,3%) va Surxondaryo (17,7%) viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, Toshkent viloyatida bitimlar hajmi 2,6% ga kamaygan.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori
Iyun oyida O‘zbekistonda ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi o‘tgan oyga nisbatan 0,3%ga oshdi. Yillik hisobda o‘sish 1,8%ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat
Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,8% ga pasaygan, yangi qurilgan uylar segmentida esa narxlar atigi 1,6%ga kamaydi.
O‘tgan yilning iyun oyidan buyon poytaxtdagi ikkilamchi uy-joy narxlarining eng katta pasayishi Mirzo-Ulug‘bek (-7,6%), Yashnobod (-7,3%) va Chilonzor (-6,9%) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Toshkentda uy-joy ijara bozori tahlili
Iyun oyida Toshkent shahrida ijara narxlarining barqarorligi kuzatildi. O‘rtacha ijara narxi o‘tgan oydagi ko‘rsatkichni saqlanib qoldi va bir kvadrat metr uchun 8,1 dollarni tashkil etdi.

Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha $10,3 ni tashkil etadi.
Yillik hisobda o‘rtacha ijara narxlari 2,6%ga pasaydi. Eng sezilarli pasayish Uchtepa, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ