Iyul oyida Tezkor to‘lovlar tizimi orqali 190 trln so‘mdan ortiq mablag‘ o‘tkazildi

Bir oyda Markaziy bank tizimi orqali 6,8 mln ta to‘lov amalga oshirildi, ularning qariyb 39%i budjet to‘lovlariga to‘g‘ri keldi

Iyul oyida Tezkor to‘lovlar tizimi orqali 190 trln so‘mdan ortiq mablag‘ o‘tkazildi

2026-yil iyul oyida O‘zbekiston Markaziy bankining Tezkor to‘lovlar tizimi orqali jami 194,6 trln so‘mlik 6,8 mlnta to‘lov amalga oshirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan 2,6 mlnta operatsiya 18,6 trln so‘mlik budjet to‘lovlaridan iborat bo‘ldi.

Shu tariqa, budjet to‘lovlarining umumiy operatsiyalar sonidagi ulushi 38,6% ni, o‘tkazilgan mablag‘lar hajmidagi ulushi esa 9,6% ni tashkil etdi.

Operatsiyalar soni bo‘yicha eng ko‘p to‘lovni Aloqabank qabul qilgan — qariyb 2,2 mlnta tranzaksiya. Keyingi o‘rinlarda Markaziy bank — 965,6 mingta va TBC Bank — 955,9 mingta operatsiya bilan qayd etilgan.

To‘lovlar hajmi bo‘yicha esa Kapitalbank 36,4 trln so‘m bilan yetakchilik qilgan. Ikkinchi o‘rinni 27,3 trln so‘m bilan Markaziy bank, uchinchi o‘rinni esa 25,7 trln so‘m bilan Milliy bank egallagan. Asia Alliance Bank orqali 15,1 trln so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkichlar Tezkor to‘lovlar tizimining banklararo hisob-kitoblar hamda mablag‘larni budjetga tezkor o‘tkazishdagi muhim rolini ko‘rsatadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi qonun qabul qilingach kapital bozori o‘sishi $1 mlrdgacha tezlashishi kutilmoqda
/
Yangi qonun qabul qilingach kapital bozori o‘sishi $1 mlrdgacha tezlashishi kutilmoqda
Bag‘dod tumanida $10 mlnlik paxta tozalash va trikotaj korxonalari tashkil etiladi
/
Bag‘dod tumanida $10 mlnlik paxta tozalash va trikotaj korxonalari tashkil etiladi
O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes uchun bepul diagnostika dasturi ishga tushirildi
/
O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes uchun bepul diagnostika dasturi ishga tushirildi