Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga $164 mln ajratadi

Mablag‘lar Dashtobod–Zomin–Baxmal–G‘allaorol avtomobil yo‘lini rekonstruksiyaga yo‘naltiriladi

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga $164 mln ajratadi

Islom taraqqiyot banki (IsDB) O‘zbekistonning infratuzilma va ta’lim sohalarini rivojlantirish uchun $164 mln miqdorida moliyaviy ko‘mak ajratadi. Tegishli bitimlar Saudiya Arabistonining Al-Ula shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiya doirasida imzolandi.

Hujjatlarga IsDB prezidenti Muhammad Al-Jassir hamda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov imzo chekdi.

Ajratilayotgan mablag‘larning $70 mln qismi Jizzax viloyatida Dashtobod–Zomin–Baxmal–G‘allaorol avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi. Loyiha doirasida 143 km hududiy va 30 km mahalliy yo‘l ta’mirlanib, qariyb 200 ming nafar aholining transport xavfsizligi va qatnov qulayligi yaxshilanadi.

Qolgan $94,06 mln esa SmartEd ta’lim loyihasini amalga oshirishga sarflanadi. Ushbu loyiha doirasida 58 ta yangi maktab qurilib, 2 431 ta zamonaviy sinfxona tashkil etiladi. Natijada har yili 72 mingdan ortiq o‘quvchini ta’lim bilan qamrab olish imkoniyati yaratiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi