Shveysariya Alisher Usmonovga nisbatan cheklovlarni bekor qildi

Tadbirkor sentabr oyida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan ham chiqarilgan edi

Shveysariya Alisher Usmonovga nisbatan cheklovlarni bekor qildi

Shveytsariya tadbirkor Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Tegishli o‘zgartirishlar mamlakat Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) saytida e’lon qilindi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Usmonov bilan birga rossiyalik biznesmen Mixail Fridman ham ro‘yxatdan chiqarildi. Shuningdek, Qrim federal universitetining sobiq rektori Andrey Falaleyev va Redbird Corporate Services Ltd kompaniyasiga nisbatan cheklovlar bekor qilindi.

Qaror 4-noyabrdan kuchga kirdi. Shu bilan birga, Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yana 254 ta jismoniy va yuridik shaxs bilan kengaytirdi.

Sentabr oyida Yevropa Ittifoqi ham shunday qaror qabul qilib, Usmonovni o‘z sanksiyalar ro‘yxatidan chiqargan edi. Ayni paytda 3 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan cheklovlar yana uch yilga uzaytirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni Fransiya va Lyuksemburg qo‘llab-quvvatlagan. Latviya esa bu qarorga qarshi chiqqan.

Tadbirkorlarni ro‘yxatdan chiqarish masalasi Yevropa Ittifoqi doirasida kelishmovchiliklarga sabab bo‘ldi. Xususan, bu qaror sanksiyalar muddatini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davomida muhokama qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
O‘zbekistonda ilk bor 5 mln tonnadan ortiq paxta hosili yig‘ib olindi
/
O‘zbekistonda ilk bor 5 mln tonnadan ortiq paxta hosili yig‘ib olindi
UzAuto Motors’ning sof foydasi yil davomida 46,9% ga kamaydi
/
UzAuto Motors’ning sof foydasi yil davomida 46,9% ga kamaydi