UzAuto Motors’ning sof foydasi yil davomida 46,9% ga kamaydi

Kompaniyaning mahsulot va xizmatlarni sotishdan tushgan tushumi ham 13,2% ga qisqarib, 30,12 trln so‘mga yetdi

UzAuto Motors’ning sof foydasi yil davomida 46,9% ga kamaydi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida UzAuto Motors’ning sof foydasi 1,87 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi 3,52 trln so‘mga nisbatan 1,65 trln so‘m yoki 46,9% ga kam. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobot davrida kompaniyaning mahsulot va xizmatlarni sotishdan tushgan tushumi 13,2% ga kamayib, 30,12 trln so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida ushbu ko‘rsatkich 34,71 trln so‘mga teng bo‘lgan.

Kompaniyaning sotilgan mahsulotlar tannarxi ham qisqardi. Xususan, bu ko‘rsatkich 30,61 trln so‘mdan 27,17 trln so‘mgacha tushgan. Natijada yalpi foyda o‘tgan yilgi 4,1 trln so‘mdan 2,94 trln so‘mgacha kamaygan.

Operatsion foyda 56,2% ga qisqardi

UzAuto Motors’ning operatsion faoliyatidan olingan foydasi hisobot davrida 2,96 trln so‘mdan 1,3 trln so‘mga tushdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 56,2% ga kam.

Soliq to‘langunga qadar foyda ham 4,09 trln so‘mdan 2,15 trln so‘mgacha qisqargan.

Shu bilan birga, kompaniyaning sotish xarajatlari 14,3% ga oshib, 1,17 trln so‘mni tashkil etdi.

Valyuta kurslari farqidan olingan foyda ham sezilarli kamaygan. 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida ushbu daromad 726,3 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilning mos davrida 173,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Tovar-moddiy zaxiralar 17,57 trln so‘mga yetdi

Kompaniyaning tovar-moddiy zaxiralari hajmi 2026-yil boshidagi 11,7 trln so‘mdan sentabr oxirida 17,57 trln so‘mga oshdi. Shu tariqa, to‘qqiz oy davomida zaxiralar qariyb 5,87 trln so‘mga yoki 50,2% ga ko‘paygan.

Ayni paytda pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari sezilarli kamaygan. Yil boshida 1,33 trln so‘mni tashkil etgan ushbu ko‘rsatkich sentabr oxiriga kelib 257,2 mlrd so‘mgacha tushgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya oktabr oyida 6,5% ni tashkil etdi
/
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya oktabr oyida 6,5% ni tashkil etdi
O‘zbekistonda 9 oyda 10,2 trln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi
/
O‘zbekistonda 9 oyda 10,2 trln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi
O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
/
O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi