IT Park Yaponiyada o‘z vakolatxonasini ochdi

Yangi ofis yapon biznesi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish nuqtasiga aylanadi

IT Park Yaponiyada o‘z vakolatxonasini ochdi

IT Park Uzbekistan Yaponiyada vakolatxonasini ochdi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va IT Park xizmatlar eksportini rivojlantirish direktori Mahliyo Muksinova boshchiligida Yaponiyaga ish tashrifi bilan bordi.

Tashrifning asosiy maqsadi IT-autsorsing, texnologiyalar va raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Tokioda IT Park’ning rasmiy vakolatxonasini ochishdan iborat edi.

Tashrif davomida Tokioning Akixabara shahrida — texnologik va ijodiy sanoat markazida IT Park Uzbekistan’ning Yaponiyadagi vakolatxonasining rasmiy ochilishi bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhsin Abdurahmonov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Xizmatlar eksportini rivojlantirish direktori Mahliyo Muksinova va Digital Knowledge direktorlar kengashi raisi Xiroaki Xaga ishtirok etdilar.

Yangi ofis yapon biznesi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish nuqtasiga aylanadi va autsorsing, investitsiyalar hamda IT-ta’lim sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi